Foto: «President.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifini yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qilganligini Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
«Tashrifni yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Prezident Matbuot xizmati bu voqelik haqida batafsil axborot va media materiallar berib boradi. Tegishli masalalar bo‘yicha [email protected] elektron pochta yoki ushbu sahifaga murojaat qilishingiz mumkin», deb yozadi Allamjonov.
«Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova Shavkat Mirziyoyev tashrifini O‘zA uchun yoritib turadigan jurnalist sifatida ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk rasmiy tashrif bilan boradi. Oq uy veb-saytida bu tashrif tarixiy deb atalgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi