12:04 / 12.05.2018
7 497

Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi

Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishi hujjat bilan nazarda tutilmoqda.

Ushbu muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zarurligi aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi