“Huquq axborot” kanali davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida taqiqlanadigan narsalar haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi:
chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsatisiz foto va video suratga olish;
davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa aloqa vositalardan foydalanish;
davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etish;
o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;
o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib o‘tish).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek va qirg‘iz chegarachilari chegarada nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rib chiqishgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi