12:25 / 20.05.2018
6 752

Xushxabar! Yosh bolalar uchun masjidlar darvozasi ochildi (video)

Xushxabar! Yosh bolalar uchun masjidlar darvozasi ochildi (video)
Ramazon oyi avvalidan buyon uzilmay kelayotgan xushxabarlar bugun yana davom etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashib borayotgan videoda Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imomi bo‘lgan Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan bolalarning tarovih namozlariga kirishlariga ba’zi muammolar endi bartaraf etilgani haqida gapirdi.

“Bugun ma’ruzamizni boshlashdan oldin, “Alhamdulillah, alhamdulillah, alhamdulillahi ’ala ni’ma”, deb shukronalar aytaylik. Sababi juda ko‘p xushxabarlar bo‘lmoqda. Juda ko‘p yangiliklar bo‘lyapti. Bularning sonini, adadini aytib tugatib bo‘lmaydigan darajada xabarlar bo‘lmoqda. Alloh bu ne’matlarini ziyoda qilsin. Mana hozirgina bo‘lgan xushbarlardan biri – yosh bolalarga nisbatan ozgina mone’lik bo‘lgan joyi bor edi. Bugundan boshlab, yosh bolalar uchun bemalol darvozalar ochildi. Alhamdulillah, bu ham juda katta daraja. Saharliklar borasida biroz siqinti (muammo - tahr.) bo‘layotgandi, alhamdulillah bunga ham ruxsat bo‘ldi”, deb aytib o‘tgan Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, tarovih namozlari boshlangan kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning aksar masjidlariga 18 yoshga to‘lmagan bolalarni (otasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs bilan birga bo‘lsa ham) kiritilmayotgani, ayniqsa bunday murojaatlarning aksar qismi qorilar yurti Namangan viloyatidan bo‘lgani xabar qilingan edi.

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xushxabar! Yosh bolalar uchun masjidlar darvozasi ochildi (video)