11:53 / 24.05.2018
7 924

Jahongir Ortiqxo‘jayev: "Tashkent City’dagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan"

Жаҳонгир Ортиқхўжаев: "Tashkent City’даги барча майдонлар сотиб бўлинган"
Foto: Sputnik
Moskva shahridagi O‘zbekiston elchixonasida Toshkent shahar delegatsiyasi bilan Moskva meriyasi o‘rtasida Tashkent City qurilishi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, Rossiya biznes vakillari uchun yangi majmua haqida taqdimot o‘tkazildi, deb xabar qiladi Sputnik.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, Tashkent City O‘zbekistonning poytaxti uchun muhim developerlik va investitsiya loyihasi hisoblanadi. Poytaxt rahbari qurilayotgan majmuadagi barcha maydonlar sotilganligi va bo‘sh joylar qolmaganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tashkent City vakili Anna Barsukova ushbu loyiha xorijiy biznes uchun investitsiya maydonchasiga aylanganligi, dunyoning ko‘plab kompaniyalari bunga katta qiziqish bildirayotganligi va pul mablag‘larini sarflashga tayyor ekanligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent City’da biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa ob’ektlar quriladi.

Loyihaning umumiy qiymati bir milliard dollarga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev: "Tashkent City’dagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan"