17:06 / 25.05.2018
4 294

Yevgeniy Birger «O‘zbekiston pochtasi» rahbari bo‘ldi

Yevgeniy Birger «O‘zbekiston pochtasi» rahbari bo‘ldi
Yevgeniy Vladimirovich Birger 23 may kuni «O‘zbekiston pochtasi» milliy pochta operatori bosh direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi Gazeta.uz nashri.

Yevgeniy Birger 1960 yil 19 mayda Moskva viloyatida tug‘ilgan. Moskva elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Turli yillarda Rossiya Aloqa vazirligi pochta aloqasi departamentiga rahbarlik qilgan, «Rossiya Pochtasi"ni strategik rivojlantirish kengashi a’zosi bo‘lgan.

22 may kuni Toshkentdagi #MITCROADMAP2018 konferensiyasida so‘zga chiqqan Yevgeniy Birger «O‘zbekiston pochtasi» tub islohotlarga muhtoj ekanini ta’kidlab, pochtaning tashkilot faoliyati va fuqarolar hayotiga chuqur integratsiyasini ko‘zda tutuvchi «Pochta 2.0» loyihasini namoyish qilgan edi.

Fevralda prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy maslahatchilarni jalb qilib, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda «O‘zbekiston pochtasi"ni isloh qilish haqidagi takliflarni ishlab chiqishni topshirgan edi.

2016 yil 19 yanvardan «O‘zbekiston pochtasi"ga Shuhrat Otamuhamedov bosh direktor bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 12 may kuni u Toshkentning Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yevgeniy Birger «O‘zbekiston pochtasi» rahbari bo‘ldi