15:30 / 27.05.2018
5 074

Toshkentda taksi haydovchisi avval bo‘g‘ib, keyin pichoqlab ketildi

Toshkentda taksi haydovchisi avval bo‘g‘ib, keyin pichoqlab ketildi
Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan noma’lum fuqaroning jasadi topiladi va uning bo‘g‘ilgani hamda pichoqlab ketilgani aniqlanadi.

2018 yil 24 may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, V.K. va Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi, muqaddam sudlanganlar P.K. va E.S.lar haydovchi J.R. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Sergeli tumaniga kelganlarida V.K. haydovchi J.R.ning bo‘yin qismidan bo‘g‘gan vaqtida P.K. va E.S.lar uni pichoq bilan ko‘krak qismiga urib o‘ldirib, jasadni voqea joyiga tashlab, Chirchiq shahriga borib J.R.ga tegishli pullarni hamda mobil telefonini olib avtomashinani tashlab qochib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida V.K., P.K va E.S.lar qo‘lga olinganlar.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi sudyasi G‘afur Amonov ayblanuvchilarni sudga qadar ehtiyot chorasi sifatida vaqtincha qamoqda saqlashga sanksiya berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda taksi haydovchisi avval bo‘g‘ib, keyin pichoqlab ketildi