19:25 / 27.05.2018
9 795

Jizzaxga kelgan sel DXX xodimini hayotdan olib ketdi (video)

Jizzaxga kelgan sel DXX xodimini hayotdan olib ketdi (video)
Kadr: «Sevimli»
Jizzax viloyatiga kuchli sel kelishi Davlat xavfsizlik xizmati xodimining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda «Sevimli» telekanaliga tayanib Xabar nashri ma’lum qildi.

Aytilishicha, sel kelgan paytda FVV, IIV, DXX, mahalliy hokimiyat va boshqa tashkilotlar vakillari yuzaga kelgan noxush holatlarning oldini olish uchun jalb etilgan. Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tarkibida 2014 yildan buyon shartnoma asosida ishlab kelgan O‘rozaliyev Shohrux Norjigit o‘g‘li ham sel kelayotganda uning yo‘lini to‘sish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.

O‘g‘lim yoshligidan harbiy bo‘laman, deb orzu qilar edi. Xudoga shukrki, xudo niyatiga yetkazdi. Harbiy bo‘ldi, uch-to‘rt yil shu sohada ishladi.

O‘g‘lim o‘z qasamyodini buzmasdan, o‘z jonini Vatan uchun fido qildi. Shunday o‘g‘lim borligidan faxrlanaman. Endi o‘g‘limning armoni yo‘q.

Norjigit O‘rozaliyev,
marhum Shohrux O‘rozaliyevning otasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)