14:55 / 30.05.2018
6 222

Toshkentda rekord darajadagi mablag‘ni “uxlatgan firibgar” ushlandi

Toshkentda rekord darajadagi mablag‘ni “uxlatgan firibgar” ushlandi
1976 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi Q.S. Toshkent shahrida 2016 yil davomida 1963 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Namangan viloyati, Namangan shahrida yashovchi M.A.ni katta summaga aldab kelgan. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Q.S “birga tadbirkorlik qilamiz” deb, firibgarlik yo‘li bilan 730 ming AQSH dollari va 12 milliard 350 million so‘m olib, qaytarib bermagani aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda rekord darajadagi mablag‘ni “uxlatgan firibgar” ushlandi