08:02 / 31.05.2018
4 029

Tojikiston fuqarosi 0,7 gramm marixuana tufayli Mercedes’dan ayrildi (foto)

Tojikiston fuqarosi 0,7 gramm marixuana tufayli Mercedes’dan ayrildi (foto)
Foto: “Daryo”
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari O‘zbekistonga giyohvandlik moddasini bojxona nazoratidan yashirib, qonunga xilof ravishda kontrabanda yo‘li bilan olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishini fosh etdi. Bu haqda, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Tojikiston respublikasi fuqarosi A.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz 180 rusumli yengil avtomashina belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, haydovchi o‘rindig‘i ostidagi to‘shama tagida qog‘ozga o‘ralgan holatda 0,7 gramm marixuana giyohvandlik moddasi yashirilganligi aniqlandi.

Foto: “Daryo”
Yaqinda mazkur holat yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi giyohvandlik moddasi iste’mol qilmasligini bayon qilgan bo‘lsa-da, Samarqand viloyat sud tibbiy ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra A.A.ning organizmida tetragidrokannabinoidlar (nasha, marixuana) topilgan.

Sud sudlanuvchi A.A.ning sodir qilgan jinoyatini qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyat deb hisoblab, uning muqaddam sudlanmaganligi, oilali bo‘lib, qaramog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligini e’tiborga olgan holda tegishli qaror chiqardi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi A.A.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqidan 10 yilga cheklandi.

Uning boshqaruvidagi Mercedes-Benz 180 rusumli avtomashina davlat foydasiga musodara qilindi va topilgan marixuana giyohvandlik vositasi tegishli tartibda yo‘q qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston fuqarosi 0,7 gramm marixuana tufayli Mercedes’dan ayrildi (foto)