18:26 / 31.05.2018
6 706

Yosh o‘zbek qizlarini xorijda fohishalikka majbur qilganlar ushlandi

Yosh o‘zbek qizlarini xorijda fohishalikka majbur qilganlar ushlandi
Qirg‘izistonlik 20 yoshli ayol bilan hamkorlik qilgan andijonlik 38 yoshli ayol o‘zbekistonlik qizlarni Qirg‘iziston hududiga olib o‘tib, fohishalikka majburlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda UzNews ma’lum qildi.

2018 yilning 30 may kuni Andijon shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, O‘sh shahrida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosi X.G. ismli 20 yoshli ayol va Andijon viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi N.N. ismli 38 yoshli ayol, o‘zaro jinoiy til biriktirib qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib 2016 yil dekabrdan 2018 yil fevral oyiga qadar yosh ayollarni erkaklarga qo‘shganliklari va 2018 yil mart oyida bir nechta yosh qizlarni O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga olib o‘tib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilganliklari aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harkatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh o‘zbek qizlarini xorijda fohishalikka majbur qilganlar ushlandi