08:30 / 02.06.2018
7 996

Anvar qori Tursunovning insult bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan edi?

Anvar qori Tursunovning insult bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan edi?
Xabaringiz bor, Toshkent shahar bosh imom-xatibi-“Minor” masjidi imomi Anvar qori Tursunov insultni boshdan kechirib, bir oydan oshiq vaqt o‘tdi hamki, shifoxonada yotibdi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abdulhasan ushbu masalaga to‘xtalib, Anvar qorining betob bo‘lishi sabablarini ochiqladi. U bunday bir necha oy avval tarqalgan “Anvar qori Tursunov falon millionlik tilla soat taqib olibdi”, degan gap-so‘zlarni esladi.

“Toshkent shahrining bosh imom-xatibi Anvar qori aka jonlantirish bo‘limida, komada yotibdi. Sabab nima bo‘ldi? Hammasi soat bilan boshlandi. Birgina soatga yopishildi, g‘iybat ustiga g‘iybat... U kishi odamlarga tushuntirishga urindilar, lekin foydasi bo‘lmadi. Masala jiddiylashib ketdi va oxir-oqibat salomatliklariga ta’sir qildi. Odamlar shu darajaga borib yetdiki, YouTube’da shunday ilmli, olim insonga genaral-mayorning formasini kiydirib qo‘yishdi".

Nurimon Abdulhasan bir necha bor ulamolar, ularning asarlari, aytgan gaplariga hurmat bilan qarash kerakligini, ular bugungi darajaga osonlik bilan yetmaganini ta’kidladi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Anvar qori Tursunovning insult bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan edi?