15:14 / 02.06.2018
5 438

Bobomurod Abdullayev "sud ishi"da davlat qoralovchisi bo‘lgan prokuror lavozimidan ketdi

Бобомурод Абдуллаев "суд иши"да давлат қораловчиси бўлган прокурор лавозимидан кетди
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov lavozimidan ozod etilgan. U jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida qoralovchi prokuror sifatida faoliyat ko‘rsatgan edi.

«UzNews.uz»ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Bahrom Qobilov Bosh prokuraturadagi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tgunga qadar, ayni mana shu boshqarmada alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasida faoliyat boshlagunga qadar esa Toshkent shahar Mirobod tumani prokuroraturasida prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahrom Qobilovga qadar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida, Bosh prokurorining 2018 yil 18 maydagi buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bobomurod Abdullayev "sud ishi"da davlat qoralovchisi bo‘lgan prokuror lavozimidan ketdi