17:25 / 02.06.2018
8 036

Tibbiyot xodimlari “pora” olishda davom etmoqda...

Tibbiyot xodimlari “pora” olishda davom etmoqda...
Foto:Buxoro viloyati IIB
Buxoroda oldin sun’iy ravishda homila tushirib, bu bo‘yicha jazolangan akusher-ginekolog xuddi shunday jinoyatni takror qilib, “pora” bilan qo‘lga olindi.

“UzNews.uz”ning Buxoro viloyati IIBdagi manbasi xabariga ko‘ra, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor-tadbirlar davomida, uy sharoitida tug‘ilgan bola uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tayyorlab berishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan vrach-ginekolog qo‘lga olindi.

Kogon shahrida yashovchi fuqaro, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro shahridagi 7-sonli poliklinikada vrach-ginekolog vazifasida ishlovchi “Zilola” imli ayol uning qornidagi homilasini uy sharoitida tug‘dirganligini, buning evaziga 400 AQSh dollari olganligini, hozirda bolasining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘qligi sababli unga viloyat Tibbiyot Birlashmasida ishlovchi tanishlari orqali guvohnoma tayyorlab berishi mumkinligini, buning uchun esa, 300 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini bildirib, ushbu “Zilola” ismli ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar nitajasida,

-1981 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 114-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan, Buxoro shahridagi 7-sonli oilaviy poliklinikada akusher-ginekolog vrach vazifasida ishlovchi Zilola Ostonova ariza muallifidan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Tibbiyot Birlashmasida operator vazifasida ishlab kelayotgan, 1994 yilda Kogon tumanida tug‘ilgan Marjona Asqarova ham o‘zining jinoiy sherigi Zilola Ostonovadan ushbu pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot xodimlari “pora” olishda davom etmoqda...