21:04 / 05.06.2018
7 207

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Foto: DSQ axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi tegishli qaroriga asosan Fayzibayev Alimjan Elchiyevich Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

A.Fayzibayev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan boshlagan.

Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000-2013 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2017 yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi