07:30 / 06.06.2018
4 854

Lavozimidan bo‘shatilgan Botir Parpiyevning jiyani o‘rnida yangi rahbar ish boshladi

Lavozimidan bo‘shatilgan Botir Parpiyevning jiyani o‘rnida yangi rahbar ish boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev lavozimidan ozod etilganidan so‘ng, oradan ko‘p o‘tmay uning Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan jiyani Shuhrat Parpiyev ham ishdan ketgani haqida xabar bergan edik.

4 iyun kuni Andijon shahar hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, shahardan saylangan viloyat kengashi deputatlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ham ishtirok etdi.

Bobojonov yig‘ilishda Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan polkovnik S.Nishonboyev shahar kengashi faollariga tanishtirdi.

S.Nishonboyev o‘z nutqida unga bildirgan yuksak ishonchga rahbariyatga alohida minnatdorlik bildirib, yangi lavozimda munosib xizmat qilib, kelgusida bor kuch-g‘ayratini xalq manfaatlari yo‘lida safarbar etishga va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lavozimidan bo‘shatilgan Botir Parpiyevning jiyani o‘rnida yangi rahbar ish boshladi