11:43 / 06.06.2018
5 812

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi o‘zgaradi

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi o‘zgaradi
Foto: Norma.uz
Davlatimiz rahbarining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi yangi nizom ishlab chiqiladi.

Hujjatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlashi lozimligi belgilangan.

Bunda asosiy e’tibor baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirish, ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etish hamda semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo‘lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o‘zgartirishga qaratiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi o‘zgaradi