10:25 / 07.06.2018
5 068

Sergelidagi yog‘och uylar taqdiriga oydinlik kiritildi

Sergelidagi yog‘och uylar taqdiriga oydinlik kiritildi
Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov Toshkent shahar hokimligi binosida ommaviy axborot vositalari vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot berdi, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. Bu haqda «Xabar.uz» nashri ma’lum qilmoqda.

Jumladan, u tuman hududida joylashgan yog‘och uylar haqida ham ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 70 gektarni o‘z ichiga olgan yog‘och uylar hududi investorlarga yangi ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun bo‘lib beriladi. Ya’ni, investorlarga yog‘och uylarda istiqomat qiladigan aholiga tumanning boshqa hududidan ko‘p qavatli uy qurib berish sharti qo‘yiladi. Investorlarga yangi ko‘p qavatli uylar qurish uchun tuman hokimligi tomonidan alohida yer maydoni ajratiladi. Aholi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chgandan so‘ng, yog‘och uylar buzilib o‘rniga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Yangi uylar qurilishida hududda ijtimoiy ob’ektlar hisobga olinadi. Ya’ni hududda maktabgacha ta’lim muassasi, maktab, kasalxona, sport maydonchalarini qurish ham rejalashtirilgan.

Hokimning aytishicha, aholiga ko‘p qavatli uy-joylar qurib foydalanishga topshirish bo‘yicha 4 yillik qurilish dasturi doirasida o‘tgan yil hududda 4 ming 40 ta xonadon qurib foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 5 ming 40 ta xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelidagi yog‘och uylar taqdiriga oydinlik kiritildi