08:02 / 09.06.2018
4 995

Yo‘lning qarama-qarshi qismida Spark’ni boshqargan qizga nisbatan chora ko‘rildi (video)

Yo‘lning qarama-qarshi qismida Spark’ni boshqargan qizga nisbatan chora ko‘rildi (video)
2018 yilning 3 iyun kuni Bektemir-Chorvoq avtomobil yo‘lining 56-kilometrida, Bo‘stonliq tumanida “Spark” rusumli avtomobil yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib harakatlangani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarida tarqalib, ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Toshkent viloyati YHHBning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ana shunday haydovchilarga chora ko‘rish maqsadida, “Spark” avtomobilini qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida topib, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi qizga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi deb yozadi Kun nashri.

Fuqaroning haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilgani va ogohlantirish taloni amal qilish muddati o‘tib ketganligi sababli avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lning qarama-qarshi qismida Spark’ni boshqargan qizga nisbatan chora ko‘rildi (video)