16:57 / 10.06.2018
6 332

Vodiydagi to‘y korteji bilan aslida nima bo‘lgandi? Yoshlar Ittifoqi raisining javobi (video)

Vodiydagi to‘y korteji bilan aslida nima bo‘lgandi? Yoshlar Ittifoqi raisining javobi (video)
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev 7 iyundan beri jamoatchilik e’tiborida. Uni oqlayotganlar ham bor, lekin tanqid qilayotganlar ko‘proq. 9 iyun kuni u mazkur holat yuzasidan intervyu berdi. «Daryo» voqealar ketma-ketligini e’tiboringizga havola qiladi.

Qahramon Quronboyev o‘zi nima degandi?

Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev 5 iyun kuni ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashgan (uchrashuvda «Daryo» muxbiri ham qatnashgan). Muloqot davomida senator Quronboyev bugungi kunda to‘ylarning dabdabali o‘tkazilayotgani eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlagan. Quronboyevning bu haqdagi so‘zlarini quyida tinglashingiz mumkin:

Keyin nima bo‘ldi?
5 iyun kuni bo‘lgan uchrashuvning dabdabali to‘ylarga bag‘ishlangan qismiga doir xabar 7 iyun kuni «Daryo»da e’lon qilindi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda senator Quronboyevning so‘zlariga qarshi asosan tanqidiy fikrlar to‘lqini kuzatildi; hazil suratlar, karikaturalar, memlar paydo bo‘ldi. Ittifoqqa yaqin, uyushgan yoshlar bunday tanqidiy fikrlarga norozilik bildirgani, Qahramon Quronboyevning so‘zlarini oqlab chiqqanini hisobga olmasa, Ittifoqning o‘zi bunga rasman biror munosabat bildirmadi.

9 iyun kuni «Kun.uz» nashrida jurnalist Aziz Qarshiyev imzosi bilan «Yoshlar ittifoqining yo‘lto‘sar raisidan o‘zbekistonlik yoshlar iste’fo so‘raydi» nomli maqola e’lon qilindi. Ko‘p o‘tmay, Yoshlar Ittifoqi va Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifalarida 9 iyun kuni soat 19:00 dan boshlab Ittifoq raisi «Kun.uz» jurnalistiga eksklyuziv intervyu berishi, bu ijtimoiy tarmoqda jonli efirda ko‘rsatilishi e’lon qilindi.

Xo‘sh, Quronboyev vodiyda aynan nima bo‘lgani haqida gapirdimi?
Ha, gapirdi. Mana, o‘zingiz o‘qing (yoki tomosha qiling):

Aslida voqea xuddi shu kelin-kuyovlarimizning mashinasini kelayotgan joyida, ularning hurmatini joyiga qo‘yib turib, ularga tushuntirib yo‘lda davom etdik. Lekin ularning mana shu haligi yonidagi do‘stlari ortiqcha xalaqit qilayotgandi. To‘g‘risini aytishimiz kerak buni, ota-onalar ham bilmaydi ko‘pchiligi, kimlar yo‘lda ergashib olganini. Mana shularga biz o‘sha joyda qonun doirasida ularga tushuntirib, haligi qonunni buzgan nimalarni ichki ishlar xodimlaridan iltimos qildikki, ularga o‘sha mana shu tegishli ravishda bular bilan muhokama qilish masalasi ko‘tarildi. Bu yerda yana takror aytyapmanki, bu oilalar hech qanaqangi e’tirozam bildirgani yo‘q, xursand bo‘lib, o‘zining to‘yi chiroyli o‘tdi, to‘y ham buzilgani yo‘q. Biz ularga xuddi shu to‘ylardan biri sifatida o‘zimizning tavsiyamizni berdik.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevning «Kun.uz»ga bergan intervyusidan


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vodiydagi to‘y korteji bilan aslida nima bo‘lgandi? Yoshlar Ittifoqi raisining javobi (video)