23:35 / 10.06.2018
7 904

Tatyana Karimova o‘limi haqidagi mishmishlardan so‘ng ilk bor jamoatchilik oldiga chiqdi (foto)

Tatyana Karimova o‘limi haqidagi mishmishlardan so‘ng ilk bor jamoatchilik oldiga chiqdi (foto)
Foto: Facebook / Islom Karimov fondi
Jamoat arbobi Tatyana Karimova 10 iyun kuni Islom Karimov fondining chet elda ta’lim olish grantlarining stipendiatlari — Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Ro‘ziboyeva va Stefaniya Abbosovalar bilan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada uchrashdi. Bu haqda fondning Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.

O‘z so‘zlarida Tatyana Karimova yoshlarga ilg‘or chet el o‘quv maskanlaridagi o‘qishlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llashlarini tiladi.

«So‘nggi bir yarim yil ichida o‘zbekistonlik 23 nafar yigit-qizlar Karimov fondining tahsil grantlarini qo‘lga kiritib, magistratura dasturi bo‘yicha Yevropaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi», — deyiladi xabarnomada.

Oldinroq Tatyana Karimovaning betobligi va vafoti haqida xabarlar internetda tarqalgan edi. Ammo bu xabarlar tez orada rad etildi. Shundan keyin Tatyana Karimova birinchi marta jamoatchilik oldiga chiqishi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tatyana Karimova o‘limi haqidagi mishmishlardan so‘ng ilk bor jamoatchilik oldiga chiqdi (foto)