07:00 / 11.06.2018
4 335

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar hisobiga cheklovsiz xorijiy valyuta o‘tkazish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar hisobiga cheklovsiz xorijiy valyuta o‘tkazish imkoniyati yaratildi
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur hujjatga jismoniy shaxslar — rezidentlarning (shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisobvaraqlariga naqd xorijiy valyuta hech qanday cheklovlarsiz o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi o‘zgartirishlar kiritilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxslar — norezidentlarning hisobvaraqlariga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan, bank hisobvarag‘idan va bank kartasidan yechilgan hamda O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda topilgan xorijiy valyuta o‘tkazilishi mumkinligi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jismoniy shaxslar hisobiga cheklovsiz xorijiy valyuta o‘tkazish imkoniyati yaratildi