18:25 / 12.06.2018
4 915

Ehtiyotsizlik oqibatida 9 yoshli bola avtomashina salonida yonib ketdi

Ehtiyotsizlik oqibatida 9 yoshli bola avtomashina salonida yonib ketdi
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida ehtiyotsizlik oqibatida 9 yoshli bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, taxminan soat 17.30larda Beshariq tumanida yashovchi nafaqaxo‘r N.R. “VAZ-2102” rusumli avtomashinada O‘zbekiston tumani Begobod qishlog‘ida joylashgan “Ergashali ustoz Murodov” fermer xo‘jaligiga o‘rik mahsulotini terib olish uchun boradi. O‘zi bilan birga avtomashinada nabirasini olib ketadi. Bog‘ ichiga kirganda, birga olib kelgan 9 yoshli nabirasi M.A.ni nazoratsiz qoldiradi. Qarovsiz qoldirilgan bola avtomashina salonida bo‘lgan 5 litrlik yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgan. Natijada avtomashina salonida yong‘in sodir bo‘lib, M.A. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.

Yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ehtiyotsizlik oqibatida 9 yoshli bola avtomashina salonida yonib ketdi