10:27 / 13.06.2018
6 784

Prezident maslahatchisining o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimda ish boshladi

Prezident maslahatchisining o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimda ish boshladi
Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi, shu paytga qadar Xudaybergenov Artik Tursinxanovich Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani IIB rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

"UzNews.uz"ning huquq-tartibot idoralaridagi ishonchli manbasining xabariga ko‘ra, podpolkovnik Xudaybergenov Artik Tursinxanovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Eslatib o‘tamiz, otasi Tursinxon Xudoyberganov 2010—2016 yillarda ham Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yilning yanvaridan buyon Prezident maslahatchisi lavozimida ishlab keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident maslahatchisining o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimda ish boshladi