17:58 / 18.06.2018
6 507

Samarqanddagi tug‘ruqxonada o‘nlab chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilganligi aniqlandi

Samarqanddagi tug‘ruqxonada o‘nlab chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilganligi aniqlandi
Foto: «Uznews.uz»
«Uznews» nashrining «Huquq» gazetasiga tayanib xabar berishicha, Samarqandda sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan Nigora Solixonova boshqaruvidagi tug‘ruqxona aniqlangan.

Shifoxona boshqaruvi xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullashgan.

Sotilmay qolgan go‘daklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan. Kichkintoylarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning fevral oyi oxirida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining binosida shifoxona ma’muriyati hamda xodimlariga hukm o‘qilib, shifoxonaning bosh shifokori Nigora Solixonova 13 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etilish ko‘rinishidagi jazo tug‘ruqxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi tug‘ruqxonada o‘nlab chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilganligi aniqlandi