19:57 / 18.06.2018
5 293

Jizzaxda ukasining hayotiga zomin bo‘lgan aka ushlandi

Jizzaxda ukasining hayotiga zomin bo‘lgan aka ushlandi
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashagan F.T. uyida ehtiyotsizligi oqibatida temir ustiga yiqilib tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 15 iyun kuni F.T.ning birga yashovchi akasi A.T. mast holda Mirzacho‘l tumani hududida o‘zaro janjal oqibatida unga pichoq bilan jarohat yetkazganligi aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.T. ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda ukasining hayotiga zomin bo‘lgan aka ushlandi