00:35 / 19.06.2018
5 335

Kimlarning O‘zbekistondan chiqishi taqiqlanishi ma’lum qilindi

Kimlarning O‘zbekistondan chiqishi taqiqlanishi ma’lum qilindi
Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali kimlarning O‘zbekistondan chiqishi taqiqlanganini izohladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra quyidagi sabablar chet elga borish huquqini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin:

a) agar shaxs davlat siri hisoblangan ma’lumotlardan voqif bo‘lsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi shartnoma majburiyatlari bo‘lsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;

b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;

v) agar shaxs sudning hukmi bilan alohida xavfli retsidivist deb tan olingan yoki ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati ostida bo‘lsa — sudlanganlik bekor qilinmagunga qadar yoki nazorat qilish to‘xtatilgungacha;

g) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar;

d) agar shaxs o‘zi to‘g‘risida qasddan soxta ma’lumotlarni bergan bo‘lsa;

e) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish ko‘rib chiqilgunga qadar;

j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida ro‘yxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lsa — haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni o‘tagunga qadar;

z) agar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligida yoki Tashqi ishlar vazirligida shaxsning chet elda bo‘lgan vaqtda o‘sha mamlakat qonunlarini buzganligi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lsa — axborot hisobga olingan kundan boshlab ikki yil o‘tgunga qadar.

Shuningdek, kommunal xizmatlar bo‘yicha eng kam ish haqining ikki baravaridan ortiq qarzdorligi bo‘lgan kishilarning xorijga chiqishi taqiqlanadi. Davlat ijrochisining qarzdorning xorijga chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijro etilishi shart. Taqiq sud yoki davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda to‘xtatiladi. Qarorning ijrosi Ichki ishlar vazirligi va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlari tomonidan muhokama qilinishiga, to‘xtatilishiga yoki boshqacha tarzda to‘sqinlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yaqin orada chet elga safar qilishni rejalashtirayotgan shaxslar barcha qarzlarini to‘laganligiga amin bo‘lishi lozim. Taqiq bor-yo‘qligini esa oldindan tekshirib ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kimlarning O‘zbekistondan chiqishi taqiqlanishi ma’lum qilindi