16:27 / 19.06.2018
3 767

Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrug‘i bilan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.

Ma’lumot uchun: respublikada ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan, alohida ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar sertifikatlashtirilishi lozim. O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlar muvofiqligini tasdiqlashning tavsiya etilayotgan chizmalari (jami 9 ta) qo‘llaniladi.

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi yana bitta chizma – 7A amalga kiritiladi. U bitta tashqi savdo kontrakti doirasida chetdan keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi. Sertifikat 1 kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.

7A chizmasi bo‘yicha sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etish zarur:

• mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo kontrakti;
• mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv.

Hujjat 1.07.2018 yildan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish kiritildi