19:20 / 20.06.2018
5 399

Sirdaryolik kollej o‘quvchisi ro‘mol o‘rab o‘qishga borgani uchun direktor o‘rinbosari haqoratladi

Sirdaryolik kollej o‘quvchisi ro‘mol o‘rab o‘qishga borgani uchun direktor o‘rinbosari haqoratladi
19 iyun kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi pedagogika kollejiga ro‘mol o‘rab o‘qishga borgan qizga ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari uyingga ket, deb bosim o‘tkazganini qizning otasi Rasul Mo‘minov Facebook sahifasida yozdi.

Rasul Mo‘minovning ma’lumotiga ko‘ra, “ma’naviyat”chi o‘rinbosar o‘quvchi qizni “betayin” deb haqoratlagan, kamiga kollej o‘quvchilarining oldida tayoqcha bilan qo‘liga urgan.

Bu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kuchli e’tirozini keltirib chiqardi. Qo‘yilganiga 5 soat bo‘lgan xabarga besh yuzga yaqin tarmoq a’zosi munosabat bildirdi, tarmoq a’zolari tomonidan 350 martaga yaqin ulashildi va yuzlab izohlar yozildi.

“Feysbuk”chilar, asosan, direktorni o‘quvchini kamsitib obro‘sini to‘kkanlikda va jismoniy kuch qo‘llaganlikda ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryolik kollej o‘quvchisi ro‘mol o‘rab o‘qishga borgani uchun direktor o‘rinbosari haqoratladi