08:02 / 22.06.2018
2 763

O‘zbekiston muftiysi Chimkentda Qozog‘iston muftiysi bilan uchrashdi

O‘zbekiston muftiysi Chimkentda Qozog‘iston muftiysi bilan uchrashdi
O‘zbekiston musulmon idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Chimkent shahrida “Birodar xalqlarning umumiy ma’naviy qadriyatlari” xalqaro forumi doirasida Qozog‘iston muftiysi Serikabay O‘raz bilan uchrashdi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

Muftiylar xalqaro forumda tilga olingan fikrlar hamda o‘zbek-qozoq do‘stligini yanada mustahkamlash bo‘yicha rejalar haqida o‘rtoqlashishdi, ikki davlatning Musulmonlar idoralari o‘rtasidagi memorandum doirasida amalga oshiraladigan ishlarni muhokama qilishdi.

Serikbay O‘raz bu yil Markaziy Osiyo ulamolari Ramazon oyi va Ramazon hayiti vaqti bo‘yicha hamfikr bo‘lishganini ta’kidladi.

“Bu tarixiy qaror diniy birdamligimizning yorqin timsoli bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni rivojlantirishimiz zarur”, – dedi u.

O‘z navbatida Usmonxon Alimov Qozog‘iston muftiysiga forumga taklif etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Urashuv nihoyasida tomonlar diniy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, diniy kitoblarni qozoq va o‘zbek tillarida birgalikda chop etish, tajriba almashish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakatning ziyoratgohlariga safarlar uyushtirishga kelishib olishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)