11:57 / 22.06.2018
6 331

Toshkent-Dubay va Toshkent-Sharja yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptalar arzonlashdi

Toshkent-Dubay va Toshkent-Sharja yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptalar arzonlashdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi yozgi ta’tillar munosabati bilan Toshkent-Dubay-Toshkent va Toshkent-Sharja-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar uchun tejamkor o‘rinlar aviachiptalarini arzonlashtirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yil 21 iyundan boshlab, chipta narxi 344 EUR (21.06.18dagi holat bo‘yicha 3 201 319 UZS) etib belgilangan. Aviachiptalar O‘zR Markaziy bankining xarid kunidagi valyutalar kursi bo‘yicha milliy valyutaga sotiladi. Shu bilan birga, alohida qayd etilishicha, arzonlashtirilgan tariflar muddati cheklangan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Dubayga parvozlarni Boeing 767 va Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida haftada besh marta, haftaning birinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va yettinchi kunlari amalga oshirib kelmoqda. Sharjaga parvozlar haftada ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent-Dubay va Toshkent-Sharja yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptalar arzonlashdi