12:27 / 23.06.2018
3 406

Maktablar endilikda hokimiyatga bo‘ysunmaydi

Maktablar endilikda hokimiyatga bo‘ysunmaydi
Maktablar hokimiyatlar nazoratidan chiqariladi. Endilikda ular faqat Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Bunday topshiriq xalq ta’limidagi muammolarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining payshanba kungi videoselektorida bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan berildi.

Majlisda vazirlikning yangi rahbariyati tarkibi — vazir Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari Sarvar Boboxo‘jayev, Otabek Nazirov i Alisher Umarov tanishtirildi.

Bosh vazir xalq ta’limi tizimidagi asosiy vazifalarni belgilab berdi — o‘qituvchilarning jamiyatdagi obro‘sini oshirish, ta’lim dasturi sifati, mutaxassislarning darajasi, ish haqi, moliyalashtirishdagi nazoratni kuchaytirish, o‘qituvchilarni keraksiz hujjat ishlaridan ozod qilish va maktab direktorlarining boshqaruv tajribasini oshirish.

Abdulla Aripov hokimiyatlarga maktab o‘qituvchilari va direktorlarni majlisga chaqirishni taqiqladi. U prezident Shavkat Miziyoyevdan iqtibos keltirdi: «O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman».

Hukumat rahbari majlis davomida matematika, fizika, biologiya va geografiya bo‘yicha darsliklarni har to‘rt yilda yangilash kerakmi degan savolni o‘rtaga tashladi. «Biz darsliklarni tayyorlashda xorijlik mutaxassislarni jalb etishimiz kerak. Kutubxonalarda jahon talablariga javob beradigan kitoblar deyarli yo‘q», — dedi u.

Bosh vazir shuningdek chet tillarini o‘rgatishda asosiy e’tibor ingliz tiliga qaratilganini, rus va boshqa tillarni o‘rgatish qisqartirilganini tan oldi. Qachondir mamlakatlakatda nemis va fransuz tilini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatuvchi maktablar bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar ingliz tiliga qayta moslashishiga to‘g‘ri keldi.

Abdulla Aripov maktab o‘quvchilarining xatti-harakatlari yomonlashuvida sabablardan biri erkak o‘qituvchilar kamayib ketgani ekanini bildirdi.
Bosh vazirning topshirig‘iga ko‘ra barcha vazirliklar va tashkilotlar XTVning yangi rahbariyatiga maksimal darajada, qo‘ldan kelgancha yordam berishi kerak.

Abdulla Aripov shuningdek «Obod maktab» loyihasi doirasida yangicha maktablar loyihasi uchun tashabbuslarni prezident qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan bolalar bog‘chalari loyihalari ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)