18:44 / 23.06.2018
5 072

Samarqandda Konfutsiy xiyoboni barpo etilmoqda (foto)

Samarqandda Konfutsiy xiyoboni barpo etilmoqda (foto)
Foto: «Xalq so‘zi»
Samarqand davlat universiteti hududida Xitoyning buyuk faylasufi Konfutsiy haykali va xiyoboni qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

Mazkur xiyobonni bunyod etish Jomboy tumanidagi «Qurilish materiallari kombinati» mas’uliyati cheklangan jamiyati ustalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Foto: «Xalq so‘zi»

— Qurilish ishlarini shu yilning fevral oyida boshlagan edi. Ularga 30 nafardan ortiq quruvchi hamda 10 ga yaqin texnika jalb qilingan. Hozirgi kungacha 60 foiz ish bajarildi. Zamonaviy landshaft dizayndagi xiyobon qurilishi tez orada nihoyasiga yetkaziladi, — deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Rahimjon Mo‘minov.

Foto: «Xalq so‘zi»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Konfutsiy xiyoboni barpo etilmoqda (foto)