19:19 / 25.06.2018
5 280

Avtosalondan Nexia-3 shartnomasi olib berish uchun 45 mln so‘m olgan korxona rahbari ushlandi

Avtosalondan Nexia-3 shartnomasi olib berish uchun 45 mln so‘m olgan korxona rahbari ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Aydardaryotrans» XK rahbari B. fuqaro Sh.ning nomiga Jizzax shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali Nexia-3 xarid qilish uchun shartnoma olib berishga yordam berishi evaziga 45 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtosalondan Nexia-3 shartnomasi olib berish uchun 45 mln so‘m olgan korxona rahbari ushlandi