16:25 / 26.06.2018
4 236

Milliy bankning kassa mudiri 270 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda

Milliy bankning kassa mudiri 270 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda
25 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Milliy bank filiali rahbariyatidan 270 ming dollar pul yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gumon kassa mudiriga tushdi, uning o‘g‘irlikka aloqadorligini 25 iyun, dushanba kuni ish joyida bo‘lmaganligi va rahbariyati qo‘ng‘iroqlariga javob bermaganligi ham tasdiqladi.

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida kassa mudiri shu kuni kechki payt o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan kvartirasidan topildi. U aybiga iqror bo‘ldi va pullarni 22 iyun, juma kuni o‘marganini aytdi. Ish kuni tugab, bankning boshqa ishchilari binoni tark etishini kutib turgan, so‘ng kassadan 270 ming dollarni o‘g‘irlagan.

Kassa mudiri o‘z harakatlarini tanishlari va qarindoshlariga qarzlarini qaytarishi, shuningdek, avvalroq sotib olgan avtomobillari uchun kreditlarni to‘lashi zarur bo‘lgani bilan izohladi. Pulning katta qismini o‘tgan uch kun ichida kvartira, maishiy texnika, kompyuter va boshqa tovarlarni sotib olishga sarflashga ulgurgan. Bir qismini qarzlari uchun bergan. O‘g‘irlangan pulning qolgan qismi musodara qilindi. Tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy bankning kassa mudiri 270 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda