13:04 / 26.06.2018
6 211

Shayx Abdulaziz Mansur Toshkent shahri Bosh imomi etib tayinlandi

Shayx Abdulaziz Mansur Toshkent shahri Bosh imomi etib tayinlandi
Foto: «Xabar.uz»
Bugun, 26 iyun kuni poytaxtimizdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu majlisda qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari diniy idora raisi o‘rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o‘z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 maydan buyon Usmonxon Alimov Toshkent shahrining vaqtinchalik bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Abdulaziz Mansur Toshkent shahri Bosh imomi etib tayinlandi