12:53 / 27.06.2018
6 003

Jizzaxda yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Jizzaxda yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi
25 iyun kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida «O‘zbekiston» MFYda yashovchi B.M. «PAZ-3772» rusumli yuk avtomashinasini «Kulba» MFY hududidan o‘tuvchi «G‘allaorol—Qo‘ytosh—Forish» yo‘lining 87-kilometrida haydab ketayotganda salon qismidagi gaz trubkasi yorilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi.

Elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida salonda yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi.

Portlash oqibatida 11 yoshli yo‘lovchi S.G‘. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Uning qarindoshi, 13 yoshli O.G‘. va haydovchi B.M. kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi