16:18 / 28.06.2018
5 153

Chilim chekish taqiqlangan hududlar ma’lum bo‘ldi

Chilim chekish taqiqlangan hududlar ma’lum bo‘ldi
Chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari tarkibi aniqlashtirilmoqda. Xususan, klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallarida, yer osti o‘tish joylarida, transport bekatlarida, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarida, xiyobonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida chekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda senator Gavhar Alimovaga asoslanib, Kun.uz xabar bermoqda.

“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul shaxslar va ularning majburiyatlari belgilanmoqda”, deydi Gavhar Alimova.

28 iyun kuni o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Senatining XV yalpi majlisida senatorlar “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullashdi.

Muhokama etilayotgan qonun tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlarni yuklayotganligi hamda ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilayotganligi bois “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq u rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilim chekish taqiqlangan hududlar ma’lum bo‘ldi