16:50 / 28.06.2018
6 001

Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi, u kimlarga beriladi?

Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi, u kimlarga beriladi?
Prezident qarori bilan “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

“Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy innavatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish va ichki bozorni ular bilan barqaror ta’minlash, yangi serhosil navlarni ko‘paytirish ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan ilg‘or tomorqa yer egalari taqdirlanadilar.

“Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi, u kimlarga beriladi?