21:30 / 28.06.2018
5 873

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unga ko‘ra soliq organlari soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi, ularga servis xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organiga aylantirildi.

Mazkur qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati tugatilib, ularda ishlaydigan jami 1245 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Bu haqda “Xalq so‘zi online”ga Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi tomonidan ma’lum qilindi.

Ma’lumki, bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Davlat soliq qo‘mitasining hududiy davlat soliq organlariga yuborilgan, Soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashish va barcha soliq tekshiruvlari ta’qiqlanishi to‘g‘risidagi maxsus topshirig‘i tarqalgan edi.

Bunday turdagi nazorat tadbirlarini o‘tkazish aynan faoliyati tugatilgan tuzilma vakolatiga kirar edi. Shuning uchun Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilish, davlat soliq xizmati organlaridagi ayrim nopok xodimlar tomonidan korrupsion harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida maxsus topshiriq yuborilgan.

Agarda siz o‘zini soliq organi xodimi deb tanishtirib, faoliyatingizga noqonuniy aralashgan, ta’magirlik, manfaat evaziga “xomiylik” qilishni taklif etgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasining +99871 244-98-98 yoki qisqa 1198 “Ishonch telefoni”ga hamda +99871 244-98-00, +99871 244-98-71 telefonlari orqali xabar bering!

Sizning har bir murojaatingiz Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olinadi hamda murojaat etuvchining shaxsi oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi