20:17 / 30.06.2018
6 233

Sud tomonidan Toshkent viloyatidagi “O‘g‘rilar guruhi”ga hukm o‘qildi (video)

Sud tomonidan Toshkent viloyatidagi “O‘g‘rilar guruhi”ga hukm o‘qildi (video)
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan hamda bu o‘g‘irlik jinoyati ortidan 6 nafar shaxs ushlangan edi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Kamronbek Mega Stroy” MCHJga qarashli moddiy tovar boyliklari, ya’ni suv tortish nasoslari o‘g‘irlab ketilgan hamda buning ortidan jinoyat ishi qo‘g‘atilgan edi.

Tergov surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘irlikda gumonlanib, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 5 nafar va bir nafar samarqandlik bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan, tergov davomida esa ular Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ayblangan edi.

O‘g‘irlikda ayblanganlarning uch nafariga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi dastlabki tergov organlari tomonidan qo‘llangan hamda VAZ 2106 avtomashinasi jinoyat quroli sifatida jarima maydonchasiga qo‘yilgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani sudi sudyasi Bahodir Qorayev raisligidagi sud majlisida fuqarolar Elbek To‘raqulov, Umidjon Mastonov, Muhriddin Karimov, Sirojiddin Daniyarov, Serik Utambayev, Nurbod Umirzakovga nisbatan hukm o‘qildi.

Sud sudlanuvchilarning oilaviy ahvoli, ilgari sudlanmaganligi, mahalladan berilgan ijobiy tavsifnoma hamda insonparvarlik tamoyillarini hisobga olgan holda hukm chiqardi.

Qamoqqa olingan uch nafar shaxsning qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini inobatga olib, sud ularni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topdi va shu modda bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi hamda ularga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini bekor qilib, sud zalidan ozod qildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanishi ta’minlandi. Ashyoviy dalillar jabrlanuvchi-fuqaroviy da’vogarga qaytarildi. Jinoyat quroli deb e’tirof etilgan VAZ 2106 avtomashina esa davlat foydasiga musodara qilindi.


Manba: uznews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud tomonidan Toshkent viloyatidagi “O‘g‘rilar guruhi”ga hukm o‘qildi (video)