22:28 / 30.06.2018
6 151

“Shuhrat –Dombrabadskiy”ga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi (foto)

“Shuhrat –Dombrabadskiy”ga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi (foto)
2018 yil 8 iyun kuni xalq orasida “Shuhrat – Dombrabadskiy” (do‘mbirobodlik Shuhrat) nomi bilan tanilgan Nosirov Shuhratilla va uning akasi Nosirov Shavkatga nisbatan Toshkent shahri Chilonzor tumani IIB tomonidan O‘zbekiston JKning 145- (vijdon erkinligini buzish), 227-(hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228- (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 165-(tovlamachilik) moddalari bo‘yicha jinoiy qo‘zg‘atildi. Bundan ko‘zlangan maqsad aka-ukaning qonunga xilof ishlari va faoliyatiga chek qo‘yishdan iborat bo‘lgan.

Aka-uka Nosirovlar shu kunning o‘zida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlangan. Ayni vaqtda ularga nisbatan jinoiy ish doirasida tergov ishlari davom etmoqda.

Foto: Chilonzor tumani IIB
Ma’lum qilinishicha, 1990-yillar boshida Nosirov Shuhrat uyushgan jinoiy guruh tashkil etgan. Bu guruh reket va boshqa zo‘ravonliklarga tayangan jinoyatlarni sodir etish bilan shug‘ullangan. U 1994 yili mavjud dalillar asosida 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Jazoni ijro etish muassasasi tartibini buzganligi uchun 2 marta muddati uzaytirilgan, 2016 yil avgustida ozodlikka chiqarilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil may oyidan e’tiboran aka-uka Do‘mbiroboddagi “Nosirxon” masjidi ichki ishlariga aralasha boshlagan. Ular ushbu masjid ularning mulki ekanini ro‘kach qilishgan. Ular tahdid qilish yo‘li bilan mazkur masjid xodimlaridan muhri, shtampi va barcha hujjatlarini tortib olgan. Shundan so‘ng, ular masjidning O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga tegishli ekanini bildirmaydigan yangi noqonuniy muhr tayyorlab, undan foydalana boshlashgan.

Bundan tashqari, aka-uka Nosirovlar masjid xodimlarini unga kelib ibodat qiluvchilar orasidan tanlagan holda mustaqil ravishda yangilab, ular orasiga o‘z yaqinlarini ham kiritishgan. Masjid hay’ati raisi sifatida Shavkat Nosirov saylangan. U bevosita masjid faoliyatini boshqarishga kirishgan.

Masjid mutavalisi (hisobchi) sifatida aka-ukalarga bo‘ysinuvchi M.Haydarov ish olib borilgan. Unga maosh tayinlanib, O‘MI va uning Toshkentdagi vakilligiga majburiy pul o‘tkazishni man qilgan. Shu munosabat bilan masjidning moliyaviy faoliyati aka-uka Nosirovlar ko‘rsatmasi bilan olib borilgan.

Shu bilan birga, aka-ukalar O‘MI, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Adliya vazirligining roziligisiz masjid nomini “Nasrulloxon to‘ra” nomiga o‘zgartirishni rejalashtirishgan. Shuningdek, masjidga yondosh, jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarini egallab olish yo‘li bilan masjid hududini kengaytirish va uni ta’mirlashni rejalashtirishgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Shuhrat –Dombrabadskiy”ga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi (foto)