00:06 / 01.07.2018
8 513

Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonda, u Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashmoqchi

Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonda, u Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashmoqchi
Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja ikki nafar hamkasbi hamrohligida Toshkentga uchib keldi. U 2015 yildan beri qamoqda saqlanayotgan mijozi bilan uchrashmoqchi. Bosh prokuratura uchrashuv uchun hech qanday to‘siq yo‘q ekanini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Gulnora Karimovaning advokati Bosh Prokuraturadan Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv tashkil qilib berishni so‘ragan.

Greguar Manjaning ta’kidlashicha, Gulnora Karimovaga nisbatan ochilgan jinoiy ishning mavhum va aniqlanmagan xususlari talaygina. Advokat bu mavhumliklarni Mirziyoyev yordamida hal qilish mumkinligiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSH dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.

Gulnora Karimovaning korrupsiya, pulni o‘zlashtirish va yuvish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodiqov, R.Madumarov, Sh.Sobirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Manba: Aniq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonda, u Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashmoqchi