18:50 / 02.07.2018
4 518

Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida 61 yoshli onaxon halok bo‘ldi

Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida 61 yoshli onaxon halok bo‘ldi
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi X.X. Nexia mashinasini “Toshkent—Xorazm” yo‘lining 412-kilometrida, Buxoro viloyatining Romitan tumanida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib Daryo xabar berdi.

YTH oqibatida ikki ayol — 61 yoshli Sh.Sh. va 59 yoshli D.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri — Sh.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida 61 yoshli onaxon halok bo‘ldi