19:44 / 03.07.2018
5 041

Xorijda ishlab chiqarilgan pishloq, kolbasa va muzqaymoq arzonlashadi

Xorijda ishlab chiqarilgan pishloq, kolbasa va muzqaymoq arzonlashadi
O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, xorijda ishlab chiqarilgan kolbasa va muzqaymoqdan olinadigan boj to‘lovlari pasaytirildi. Shuningdek, muzlatilgan go‘sht va ko‘plab chorva hayvonlari turlariga boj to‘lovi joriy qilinmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi.

Unga ko‘ra, yirik shoxdor chorva hayvonlari, qo‘y va echki, muzlatilgan go‘shtlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda boj to‘lovi undirilmaydi. Shuningdek, muzqaymoqdan 15 foiz miqdorda, pishloq va kolbasadan esa 10 foiz miqdorda boj olinishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar, xorijda ishlab chiqarilgan muzqaymoqni O‘zbekistonga olib kelishda 30 foiz, pishloq va kolbasadan esa 20 foiz miqdorda boj olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijda ishlab chiqarilgan pishloq, kolbasa va muzqaymoq arzonlashadi