15:13 / 05.07.2018
6 111

Ayolni tahqirlagan IIB tergovchisi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ayolni tahqirlagan IIB tergovchisi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Biroz avval Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi tergovchisi San’at Umarov o‘g‘irlikda ayblangan ayolni yechinishga majbur qilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landik.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning aytishicha, ayni paytda ushbu masala qat’iy nazoratga olingan.

«Ayni paytda San’at Umarovga nisbatan xizmat tekshiruvi emas, balki jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qonun doirasidagi eng qat’iy choralar ko‘riladi.

Bu umuman aqlga sig‘maydigan holat. Bu kabi holatga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu qat’iy nazoratimiz ostida», — deya ta’kidladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayolni tahqirlagan IIB tergovchisi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi