07:32 / 06.07.2018
6 676

Toshkent shahar «GAI»ga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, boshliq esa yo‘q...

Toshkent shahar «GAI»ga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, boshliq esa yo‘q...
Podpolkovnik Baxtiyor Nigmanov IIV Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Toshkent shahar yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz Ichki ishlar vazirligidagi manbaga asoslanib xabar bermoqda.

Shu paytgacha ushbu lavozimda Jamshid Jo‘rayev ishlab kelgandi. Baxtiyor Nigmanov esa bungacha Toshkent shahridagi 3ta tuman batalon komandiri sifatida faoliyat yuritgan. Nigmanov Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida ish olib borgan.

Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi boshlig‘ining yana boshqa o‘rinbosari Aziz Sadirov ham o‘z lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi sobiq boshlig‘i Barat Mamenov vazifasidan ozod etilganidan buyon bu lavozimga hech kim tayinlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar «GAI»ga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, boshliq esa yo‘q...