14:09 / 09.07.2018
8 659

Bu yilgi o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari haqida yangi ma’lumotlar…

Bu yilgi o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari haqida yangi ma’lumotlar…
Ilgari aytilganidek, bu yil oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1 kun emas, aksincha 15 kun davom etadi. Test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha etib belgilangan. Imtihonlar ikki smenaga bo‘lingan. Birinchi smena soat ertalabki 8:00, ikkinchisi tushdan keyin soat 15:00 dan boshlanadi. Test sinovlari natijalari Davlat test markazining maxsus veb-saytida imtihon o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilib boriladi.

Bundan tashqari, bu yil abituriyentlarni alohida jihozlangan videojihozlar ham tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu ishni shaxsni aniqlovchi dastur amalga oshirib, har bir abituriyentni tekshirish atigi bir necha soniya davom etadi xolos. Shu yo‘l bilan abituriyent o‘rniga boshqa bir shaxs imtihon topshirishga kirishining oldi olinadi.

Abituriyent, sergak bo‘l! Birovlarning yolg‘on va’dalariga uchib qo‘yma! Faqat o‘z bilimingga ishon va yolg‘iz Ollohdan omad so‘ra! Xudo yo‘lingni bersin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yilgi o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari haqida yangi ma’lumotlar…