20:45 / 09.07.2018
6 861

Xorazmda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi (Video)

Xorazmda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi (Video)
DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament Urganch shahar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

2018 yilning 1 iyul kuni o‘tkazilgan tadbir davomida, Urganch tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi B.A. qo‘lga olindi.

Hokim o‘rinbosari “ish bitirib berish uchun” 5 mln. so‘m miqdorida pora olayotganda, jinoyat ustida qo‘lga olindi.

“UzNews.uz”ning Urganch huquq tartibot idoralaridagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi tartibida Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi (Video)