10:26 / 10.07.2018
4 587

Ombudsman Kattaqo‘rg‘ondagi hodisaga munosabat bildirdi

Ombudsman Kattaqo‘rg‘ondagi hodisaga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Oliy majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on IIBda ayol kishini tahqirlash bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirdi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Ombudsman hodisani «ayol va onaga bo‘lgan munosabat qadr-qiymatini kamsituvchi va g‘ayriinsoniy holat» deb atadi va u qonunchilikka asosan jazo va jamoatchilik tanbehiga loyiq ekanligini ma’lum qildi.

Ulug‘bek Muhammadiyev mazkur ishni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish niyatida ekanligi va bu haqda Bosh prokuraturaga talabnoma yuborilganligini bildirdi. Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi hududiy vakiliga sud majlislarida ishtirok etish vazifasi yuklatilgan.

«Mazkur holat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida ularning hulq-atvor etikasi va ‘Ichki ishlar organlari haqida’gi qonunda ko‘zda tutilgan me’yorlarni so‘zsiz bajarishi yuzasidan keng ko‘lamli tushuntirish ishlari tashkil etish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi lozim», — deyiladi ombudsman bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ombudsman Kattaqo‘rg‘ondagi hodisaga munosabat bildirdi